Issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas
2024-11-21 13:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklarini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 26-sentyabrdagi 339–son qaroriga muvofiq, issiqxonalar tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin bo‘lib, ularga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.
Ya’ni, issiqxona egalari belgilangan to‘lovlarni amalga oshirib, tabiiy gazdan foydalanishlari mumkin.
Ma’lumot uchun: issiqxona xo‘jaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi.