COP-29: “ACWA Power” kompaniyasi Oʻzbekistonda 2000 megavatt⋅soat quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimlarini quradi
2024-11-14 20:00:00 / Yangiliklar
Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan COP-29 anjumani doirasida Oʻzbekiston Energetika vazirligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida Respublika boʻylab umumiy quvvati 2000 MVt⋅soat boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha shartnoma imzolandi.
Loyiha doirasida Respublika boʻylab yagona energetika tizimida oʻrganishlar oʻtkaziladi va oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda hududlar tanlanib, elektr energiyasini saqlash tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Dastlabki baholashlarga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 1,1 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.
Loyiha qurilishi davrida 1000 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi.