“Tolimarjon IES”da investitsiya loyihasi doirasida umumiy quvvati 1065 MVtga teng bo‘lgan 3-4-sonli bug‘-gaz qurilmalari bunyod etilmoqda
2024-09-27 10:00:00 / Yangiliklar
“Tolimarjon IES”da investitsiya loyihasi doirasida umumiy quvvati 1065 MVtga teng bo‘lgan 3-4-sonli bug‘-gaz qurilmalari bunyod etilmoqda.
Ayni paytda 3-bug‘-gaz qurilmasining gaz-turbina va gaz-turbina generatori o‘rnatildi.
Mazkur qurilma 375,7 MVt quvvatga ega bo‘lib, Yaponiyaning “Mitsubishi Power” kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi.
Loyihada Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari qatnashyapti. Shuningdek, qurilish ishlariga Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi mutaxassislari ham jalb qilingan.