Energetika vazirligi va “IES” AJ xodimlari “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi
2024-06-07 20:20:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida 5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda tabiatni muhofaza qilish borasida samarali mehnat qilib kelayotgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar qatori Energetika vazirligi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ vakillari ham ishtirok etishdi.
Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, xalqaro tajribaga asoslangan holda eng yaxshi texnologiyalarni qo‘llash, o‘z va tutash hududlarda “yashil belbog‘”larni barpo etish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ushbu ishlarda munosib hissasini qo‘shganligi uchun Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Po‘latov va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Nargis Valiyeva “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoniga munosib deb topildilar.