Yana bir masala – Buxorodagi 205 ming gektar yerni sug‘orish uchun 50 ta nasos stansiya yiliga 1,5 milliard kilovatt•soat elektr sarflamoqda
2024-06-01 13:30:00 / Yangiliklar
Yana bir masala – Buxorodagi 205 ming gektar yerni sug‘orish uchun 50 ta nasos stansiya yiliga 1,5 milliard kilovatt•soat elektr sarflamoqda. Ular energotejamkor, zamonaviy nasoslarga almashtirilsa, yiliga kamida 400 milliard so‘m iqtisod bo‘ladi.
Viloyatdagi 89 ta sanoat korxonasi davlat tashkilotlariga Kooperatsiya portali orqali mahsulot yetkazib berayotgani - bu juda kamligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, portalda Vobkentdan birorta korxona qatnashmagan, Olot va Peshkudan – 1 tadan, Jondor va Buxoro tumanidan – 2 tadan korxona ishtirok etgan.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga Kooperatsiya portalida haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartib qilish, ishlab chiqaruvchilarning davlat xarididagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.