audio

    7+
    Rejalar muvofiqlashtirildi: O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb mavzulari muhokama qilindi

    22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliev o‘rtasida onlayn-formatda kengaytirilgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

    Vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokidagi muzokaralar doirasida oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish ishlari batafsil ko‘rib chiqildi, jumladan, investitsiya va savdo shartnomalari ijrosi hamda ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

    Kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar hamda mavjud muammolarni birgalikda hal etish mexanizmlari ishlab chiqildi.

    Muzokaralar yakuni bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni jadal amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarga tezkorlik bilan munosabat bildirish maqsadida vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi, amalga oshirish muddatlari belgilandi, shu kabi ishchi uchrashuvlarni o‘tkazish amaliyoti kelishib olindi.

    • view_icon 325
    : 2024-02-29 17:46:56