audio

    0+
    Quvaytda ilk bor O'zbekistonning investitsiyaviy, eksport va turizm salohiyatiga bag'ishlangan ko'rgazma bo'lib o'tdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov boshchiligidagi o‘zbekistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi ishtirok etdi.

    Delegatsiya rahbari o‘z nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar, O‘zbekistonning turizm va sanoat salohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

    Ko‘rgazmada 40 dan ortiq qurilish materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika va to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari namoyish etildi. Quvaytning yirik kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

    O‘zbekiston va Quvayt ishbilarmonlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida navbatdagi biznes-forumni joriy yilning sentabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

    • view_icon 353
    : 2024-05-16 18:28:47