audio

    0+
    “Elektron tijoratning rivojlanishi O‘zbekiston biznesiga ta’sir qiladi” — O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi o‘rinbosari Davron Maksudov

    Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Elektron tijoratga investitsiyalar: bozor tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

    Bugungi kunda O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotning kengayishi bilan birga, investitsiyalar hamda onlayn biznes-platformalarning o‘sishi uchun noyob muhitni taqdim etmoqda. Ushbu muhokamada soha mutaxassislari va hukumat vakillari elektron tijoratning joriy holati haqida so‘z yuritdi.

    — Elektron tijorat — oxirgi 10 yil ichida jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylangan trend. O‘zbekiston uchun bu yangi soha bo‘lsa-da, elektron tijorat bo‘yicha dastlabki qonun 2004-yilda qabul qilingan. Shundan so‘ng, qonun 2015 va 2022-yillarda yangilandi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha 50 dan ortiq marketpleyslar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning yillik aylanmasi 300 million AQSh dollarini tashkil etadi. 2027-yilga kelib ularning aylanmasi 1 milliard AQSh dollariga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, bugungi kunda Meta (facebook), Google, Apple, Booking.com, Zoom kabi 57 ta kompaniya roʻyxatdan oʻtganini, ular oʻtgan yil davomida 70 milliard soʻm soliq toʻlaganini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman”, - dedi O'zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori oʻrinbosari Davron Maqsudov .

    Sessiya ishtirokchilari bozorning dinamikasi, iste’molchilar xatti-harakati, normativ-huquqiy hujjatlar va elektron tijorat sohasining investitsiyaviy imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.

    Uzum kompaniyasining strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nikolay Seleznyov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston so‘nggi bir necha yil ichida an’anaviy bozorlardan elektron marketpleyslarga katta sakrashni amalga oshirdi. 2021-yilda O‘zbekiston elektron tijorat bozorining hajmi 201 million AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu raqam 543 million AQSh dollariga yetdi. O‘zbekistonda 2021-yilda elektron tijorat bozori hajmi 201 million AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 543 million AQSh dollariga yetdi.

    “So‘nggi bir necha yil ichida sohada yuz bergan o‘zgarishlarga e'tiborimizni qaratsak, Uzum ko‘plab kompaniyalarga “yakkashox” (bahosi 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan texnologik kompaniya) maqomga erishish yo‘lini ko‘rsatib bera oldi deb o‘ylaymab, — deya qo‘shimcha qildi Seleznyov.

    • view_icon 207
    : 2024-05-03 11:08:11