#muzeyga_sayohat
2025-02-05 14:20:00 / Yangiliklar
![#muzeyga_sayohat](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F31aa81dd-3d46-f86e-ac7c-3f7854235af3_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Xudoyorxon saroyi, xalq orasida “Qo‘qon o‘rda” nomi bilan mashxur majmua. Ma’lumki, bir yarim asrdan ko‘proq vaqt mobaynida Qo‘qon xonligini 29 dan ortiq xon boshqargan, ammo ular ichida eng qudratli va esda qolgani Xudoyorxon bo‘lgan. Sababi, u 1845-yilda 12 yoshida taxtga o‘tirgan. 1871-yilda xon katta saroy qurdiradi. Mazkur yodgorlik yettinchi xon saroyi bo‘lgan va uning g‘oyasiga ko‘ra, Qo‘qon hukmdorining qudratini eslatish uchun avvalgi saroylardan kattaligi va muhtasham bezaklari bilan ustun bo‘lishi lozim bo‘lgan.
Qurilgan vaqtida Xudoyorxon saroyida 119 ta xona bo‘lib, ularning barchasi ganch, naqsh, sopol plitkalar bilan hashamatli qilib bezatilgan. Vaqt o‘tishi bilan saroyning katta qismi buzilib ketgan, xonning boyliklari talon-taroj qilingan. Hozirgi kunda ushbu saroydan faqat 19 ta xona qolgan.
Muzey qo‘riqxonasida hozirda Qo‘qon tarixining turli davrlariga oid eksponatlar, ibtidoiy jamoa davridagi topilmalardan tortib to xonlarga uzoq yurtlardan keltirilgan sovg‘alargacha saqlanib qolgan. Ayni vaqtda muzeyda jami 30 mingdan ortiq eksponat bor.