Turg‘un Alimatov nomidagi respublika teletanlovi g‘oliblari taqdirlandi
2024-07-20 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbek milliy musiqa san’atining yetuk ijodkori, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Turg‘un Alimatov nomidagi respublika teletanloviga start berilgan edi.
Kuni kecha tanlovning respublika bosqichi o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi.
Tanlovning birinchi saralash bosqichi joriy yilning 12-13-iyul kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziriligi, hududiy madaniyat boshqarmalari tomonidan tashkil etildi va oʻtkazildi.
Hududiy saralash bosqichlarida jami 300 nafarga yaqin ijodkor yoshlar qatnashgan boʻlib, ulardan 39 nafari respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Tanlovning respublika bosqichi hamda taqdirlash marosimi joriy yilning
18-19-iyul kunlari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida teleloyiha shaklida tanlov nizom talablari asosida yuksak badiiy saviyada tashkil etildi va oʻtkazildi.
Teletanlovga Hakamlar hayʼati aʼzolari sifatida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Toir Qoʻziyev, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti dotsenti Abror Zufarov, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti dotsenti Oʻktam Rasulov, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti o‘qitubchisi Farxod Mirzayev va V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchisi Nodir Sobirovlar
jalb etildi.
Hakamlar hayʼatining qaroriga muvofiq quyidagilar gʻolib deb topildi:
16-18 yosh toifasida
“Tanbur” cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida
birinchi oʻrin – Zaripov Bobonazar Xamro oʻgʻli – birinchi darajali diplom, birinchi darajali statuetka, noutbuk;
ikkinchi oʻrin – Mahmudjonov Davronbek Davlatjon oʻgʻli – ikkinchi darajali diplom, ikkinchi darajali statuetka, telyevizor;
uchinchi oʻrin – Komiljonov Muhiddin Sobirjon oʻgʻli – uchinchi darajali diplom, uchinchi darajali statuetka, planshet.
“Dutor” cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida
birinchi oʻrin – Axunova Sevinch Ulugʻbek qizi – birinchi darajali diplom, birinchi darajali statuetka, noutbuk;
ikkinchi oʻrin – Anvarova Gulzodaxon Ramzjon qizi – ikkinchi darajali diplom, ikkinchi darajali statuetka, telyevizor;
uchinchi oʻrin – Rustamjonova Muhabbat Davlatjon qizi – uchinchi darajali diplom, uchinchi darajali statuetka, planshet.
“Sato” cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida
birinchi oʻrin – Mamasodiqov Nodirbek Begali oʻgʻli - birinchi darajali diplom, birinchi darajali statuetka, noutbuk;
ikkinchi oʻrin – Obidjonova Mavjuda Bahromjon qizi (qoʻshimcha) – ikkinchi darajali diplom, ikkinchi darajali statuetka, telyevizor;
uchinchi oʻrin – Allayorov Ixtiyor Yergashbay oʻgʻli (qoʻshimcha) – uchinchi darajali diplom, uchinchi darajali statuetka, planshet.
18-30 yosh toifasida
“Tanbur” cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida
birinchi oʻrin – Abdiyev Gʻayrat Shuhratillo oʻgʻli – birinchi darajali diplom, birinchi darajali statuetka, noutbuk;
ikkinchi oʻrin – Egamberdiyev Farruxbek Farhod oʻgʻli – ikkinchi darajali diplom, ikkinchi darajali statuetka, telyevizor;
uchinchi oʻrin – Joʻrayev Sherali Shuhrat oʻgʻli – uchinchi darajali diplom, uchinchi darajali statuetka, planshet.
“Dutor” cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida
birinchi oʻrin – Tosheva Marjona Rustam qizi – birinchi darajali diplom, birinchi darajali statuetka, noutbuk;
ikkinchi oʻrin – Melikuziyev Ibrohimjon Islomjon oʻgʻli – ikkinchi darajali diplom, ikkinchi darajali statuetka, telyevizor;
uchinchi oʻrin – Xolmurodova Sevinch Ulugʻbekovna – uchinchi darajali diplom, uchinchi darajali statuetka, planshet.
“Sato” cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida
birinchi oʻrin – Sobirov Samandar Sobir oʻgʻli – birinchi darajali diplom, birinchi darajali statuetka, noutbuk;
ikkinchi oʻrin – Djumaniyazov Kamoliddin Oʻktambek oʻgʻli – ikkinchi darajali diplom, ikkinchi darajali statuetka, telyevizor;
uchinchi oʻrin – Abduraximov Odilxon Axmadxon oʻgʻli – uchinchi darajali diplom, uchinchi darajali statuetka, planshet taqdim etildi.