Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning II “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasidagi konferensiyadagi nutqi
2024-04-27 11:20:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, hurmatli konferensiya ishtirokchilari!
Aziz mehmonlar!
Avvalo, ushbu anjumanda qatnashish yuzasidan taklifimizni qabul qilib, bugun bevositadavramizda ishtirok etayotganingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizga saxovatli O‘zbekiston zaminiga, qadimiy Xiva shahrigaxush kelibsiz deyman.
Qadrli do‘stlar!
Vatanimizning eng bebaho madaniy boyliklaridan biri, shubhasiz, asriy an’analarga ega milliy raqs san’atimizdir.
Ushbu san’atning xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy an’ana va qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi o‘rni katta.
Shuning uchun ham islohotlarning yangi davrida Prezidentimiz tomonidan milliy raqs san’atini rivojlantirishga, raqs jamoalari va mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida bu borada bir qanchamuhim qarorlar qabul qilinib, diqqatga sazovor natijalar qayd etildi.
Xususan, “Xorazm lazgi raqsi” O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatidaYUNESKOning Insoniyat nomoddiy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
Bu xalqimiz uchun ham sharaf, ham mas’uliyatdir.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Lazgi”xalqaro raqs festivalini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur festival orqali Xorazm lazgisining asriy an’analarini saqlash, rivojlantirish, qolaversa, raqs san’ati vositasida xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikrishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan.
2022-yilda o‘tkazilgan birinchi xalqaro festivalda 30 dan ortiq davlatdan 200 nafarga yaqin mehmon qatnashgan bo‘lsa, bu yil ularning safi yanada kengaydi.
Boshqacha aytganda, “Xorazm lazgi raqsi”jahon miqyosida o‘zbek madaniy diplomatiyasining yangi muloqot maydonibo‘lib xizmat qilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz “ilmga asoslanmagan sohaning kelajagi bo‘lmaydi”, deya ta’kidlaganlar.
Darhaqiqat, har bir ishda ilmga tayanilsagina ko‘zlangan marraga, natijagaerishish mumkin. Bundan boshqa yo‘li yo‘q!
Shuning uchun ham har gal festival doirasida siz kabi qadrli ziyolilarimiz bilan kechadigan ilmiy muloqotlarning ahamiyati beqiyos.
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Bu galgi konferensiya ma’ruzachilari safidaBolgariya, Braziliya, Tojikiston, Germaniya,Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Misr,Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Hindiston va Yaponiya kabi davlatlar tadqiqotchilarining borligi bizni juda quvontiradi.
Har bir chiqish madaniy diplomatiyanirivojlantirish, raqs san’atining ilmiy asoslarini mustahkamlashda o‘ziga xos turtki bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddaman.
Shu o‘rinda, muhim bir yangilik haqida aytib o‘tmoqchiman. Davlatimiz rahbari tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida biz “Lazgi” ensiklopediyasini yaratish niyatidamiz.
Bu orqali “Lazgi” turkumining yaratilish tarixi,rivojlanish davri, ijrochilari faoliyati to‘liq ochib beriladi.
Aziz do‘stlar!
So‘zimning yakunida konferensiya ishigamuvaffaqiyat tilagan holda, muhabbat, do‘stlik va nafosat bayrami – xalqaro “Lazgi” raqsfestivali barchamizga muborak bo‘lsin deyman!
Doim sog‘-salomat bo‘linglar.
E’tiboringiz uchun rahmat!