Koson tumanida mahalla raislari saylovi yuqori saviyada boʻlib oʻtmoqda
2025-05-05 16:35:00 / Yangiliklar

Mazkur saylov mahallalarda o‘z-o‘zini boshqarish tizimini yanada mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va mahallalarning roli va ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Tumanning “Hamkorlik” mahallasida tashkil etilgan saylov tadbiri oshkoralik va adolatlilik tamoyillari asosida o‘tkazildi.
Dastlab, 2021-2025 yillarda mahallaga raislik qilgan tajribali pedagog S.Xolmurodov faoliyati davomida koʻpgina bunyodkorlik ishlariga qoʻshgan hissasi uchun hurmat bilan nafaqaga kuzatildi.
Saylov jarayonida barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratildi, fuqarolar uchun qulay muhit ta’minlandi.
Saylov yakunida, “Hamkorlik” mahallasida yoshlar yetakchisi boʻlib faoliyat yuritgan, fidokorona mehnati, odilona yondashuvi va jamoatchilik orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan munosib nomzod Suhrob Xushvaqtov mahalla raisi etib saylandi.


