Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida “BYD Jizzax” sotuv ofisi qurilishi uchun tamal toshi qoʻyildi
2025-02-17 09:00:00 / Yangiliklar
Bu voqea hududning avtomobil savdosi va iqtisodiy rivojlanishiga katta turtki boʻlishi kutilmoqda.

5 yildan ortiq vaqt davomida yiliga 4 ming donadan ortiq avtomobil sotib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan “Yeuroasia Motors” kompaniyasi endi “BYD” brendi bilan yangi sotuv ofisi ochib, oʻzining savdo tarmogʻini kengaytirishni rejalashtirgan.
“BYD Jizzax” sotuv ofisi hududda avtomobil savdosini yanada rivojlantirishga, yangi ish oʻrinlari yaratishga xizmat qiladi.