Belorussiya davlati va Jizzax viloyati hokimligi bilan hamkorlikning yangi bosqichlari amalga oshirilmoqda
2024-11-26 09:20:00 / Yangiliklar
Barchamizga ma’lumki, TITF - 2024 O‘zbekiston va hamkor davlatlarda yangi sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish hamda ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish borasida samarador platforma sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Xususan, mazkur xalqaro yarmarka doirasida Belorussiya davlati vakillari bilan Jizzax viloyati hokimi o’rinbosari S.Shuhratovich B2B uchrashuvi bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda Jizzax viloyatining turizm salohiyati, ekoturistik maskanlari, mehmonxonalar va sayyohlar uchun tashkil etilgan turizm xizmatlari to’g’risida ma’lumot berildi.
Mazkur uchrashuv davomida Jizzax viloyatining turizm imkoniyatlarini targʻib qilish va Belorussiya davlatidan viloyatimizga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimini oshirish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.