Turkiya tibbiyot modulining asoschilari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
2024-11-05 10:00:00 / Yangiliklar
Oʻtgan hafta turkiyalik mutaxassislar guruhi viloyatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdilar. Bugun oʻrganish natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Unda viloyat tibbiyot muassasalari rahbarlari, shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalari boshliqlari, davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari va bosh hisobchilari ishtirok etdi.
Yigʻilishni Sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarov olib bordi.
Turkiyalik mutaxassislar Turkiya tibbiyot modulining afzalliklarini aniq misollar asosida tushuntirib berdilar. Turkiyada ushbu modul joriy etilayotganda tibbiyot tizimi juda abgor holatda boʻlganligi, agar Oʻzbekistonda hozirgi sharoitda ushbu modul joriy etilsa natija va samaradorlik shunga yarasha tez qoʻlga kiritilishini taʼkidladilar.
Yigʻilishda viloyat hokimining oʻrinbosari A. Savurbayev qantashdi.