TAKATOSH QOYATOSH SURATLARI
2024-10-22 08:05:00 / Yangiliklar
Jizzax vohasida dastlabki qoyatosh suratlari oʻtgan asrning 50-yillari ikkinchi yarmida Morguzar togʻining Sayhonsoy darasidagi Takatosh manzilidan topilgan.
Bu qoyatosh rasmlar galereyasida turli yovvoyi hayvonlar – ohu, bugʻu, arxar (togʻ takasi) qoplon, bars, xonaki hayvonlardan ot, it tasvirlari, odamlar, oʻq uzayotgan kamonchilar, ularning olomon boʻlib ov qilishi, diniy marosimlar tasvirlangan (Muhammadjonov, 1957, 16-b). Sayhonsoyda 1970–80-yillarda soha mutaxassislari tomonidan tadqiqot ishlari davom ettirildi, natijada, ushbu moʻjaz vodiyda jami 630 dan ortiq syujetdan iborat qoyatosh suratlari majmuasi aniqlandi.