JELI-GʻULI MOZORQOʻRGʻONLARI
2024-10-17 08:20:00 / Yangiliklar
Jizzax shahrining janubi-gʻarbida joylashgan Jeli-gʻuli mahallasi hududidan 2002-yilda bronza davri chorvadorlar madaniyatiga tegishli mozorqoʻrgʻonlar topilgan.
Arxeolog M.Isamiddinov tomonidan qabrlarga mayitlar bilan birga qoʻyilgan sopol idishlar va 5 dona bronzadan tayyorlangan bilaguzuk oʻrganilgan va ilmiy tahlillardan soʻng Samarqand shahridagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi fondiga topshirilgan.