Jizzaxda sektor rahbarlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi
2024-09-20 09:20:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, sektorlar faoliyati samaradorligi baholash shaffoflikni taʼminlagan holda har chorakda Samaradorlik.uz elektron platformasi orqali baholanib, yil yakunida baholash natijasiga koʻra, respublika darajasida “eng namunali sektor” hamda viloyat darajasida “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar ragʻbatlantirib kelinmoqda.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tomonidan ushbu baholash tizimi hamda unga kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalar mazmun-mohiyati boʻyicha tushuntirish ishlari olib bormoqda.
Tuman (shahar) Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, 3-sektor rahbarlari va kotiblari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi. Tadbirda 9 ta baholash koʻrsatkichi muhokama etilib, unda aholining sektor rahbarlari faoliyatidan qoniqish darajasi, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqlishi (ijobiy hal etilishi) inobatga olinishi hamda mahalla yettiligi vakillari faoliyat samaradorligiga eʼtibor qaratishi lozimligi tushuntirildi.