audio

    0+
    Vazir oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Buxoro viloyatida oʻrganish ishlarini olib bormoqda

    Vazir oʻrinbosari oʻrganishlari doirasida dastlab, Qorakoʻl tumanining Doʻrmon mahallasi hududida qad rostlagan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi bajarilgan ishlar, koʻp qavatli uylar, 330 oʻringa moʻljallangan maktab, 240 oʻrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va 100 qatnov oʻrniga moʻljallangan oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

    Jarayonda masʼullarga massiv hududini obodonlashtirish, qurilishi tugallanmagan obyektlarni nihoyasiga yetkazish, koʻp qavatli uylar fasadini tartibga keltirish boʻyicha bir qator vazifa hamda koʻrsatmalar berdi.

    Shundan soʻng, vazir oʻrinbosari Jondor tumanining “Ushot” mahallasida faoliyat olib boruvchi “yettilik” vakillari bilan uchrashdi.

    Jarayonda mahallada doimiy ravishda “xonadonbay” “fuqarobay” tizimi asosida aholining muammolarini oʻrganish, kambagʻallikdan chiqarish, mahallasini ishsizlik va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

    “Ushot” mahallasining 250 dan ortiq xonadonida yashovchi fuqarolar hunarmandchilikning tandirsozlik yoʻnalishi bilan shugʻullanib oʻzini oʻzi band qilib kelmoqda.

    Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov oʻrganishlari doirasida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi hunarmand usta Gʻaybullo Moʻminov, shuningdek, Ashur Yoʻldoshevning xonadonida boʻlib, tandirsozlik, asalarichilik va issiqxonada gul koʻchati yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi.

    Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining Buxoro viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda.

    Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 17
    : 2024-04-19 16:06:00