Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tashabbusi bilan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamentida «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi
2024-04-18 10:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirligi hamda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti faxriylari ishtirokida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamentida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tashabbusi bilan uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir avvalida, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamentining maʼmuriy binosida barpo etilgan «Hamisha qalbimizda barhayot yashaysiz» nomli xotira maydonida xizmat vazifasini bajarish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan xodimlarni eslab, gul chambarlar qoʻyildi.
Soʻng, tadbirning asosiy qismida Ichki ishlar vazirligi hamda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamentida uzoq yillar xizmat qilib, yurt ravnaqi, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan faxriy ustozlar soʻz olib, oʻzlarining hayotiy tajribalari, erishgan yutuqlari, xizmat jarayonlari haqida yoshlarga tavsiyalarini yetkazdilar.
Bir soʻz bilan aytganda, chin maʼnodagi uch avlod uchrashuvi yoshlarga xizmat faoliyati davomida faxriylaridan olgan hayotiy tajribalarini amalga tatbiq etish uchun dastur boʻla oldi.
Tadbirda, Ichki ishlar vazirligi faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi general mayor Erkin Norgitov hamda oʻrinbosarlari, Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi aʼzosi, isteʼfodagi general mayor Xabibulla Xojimatov, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti faxriylari, favqulodda vaziyatlari vazirligidan masʼul xodimlar, IIV 1-sonli akademik litseyi oʻquvchilari hamda IIV ixtisoslashtirilgan maktab internati oʻquvchilari amaldagi xizmat xodimlari va IIOda uzoq yillar xizmat qilib faxriylik maqomiga erishgan bir guruh nafaqadagi xodimlar ishtirok etib, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi