Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hududlarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilandi
2024-04-15 14:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 15-aprel kuni Ichki ishlari vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentining Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hamda uning boʻlim va boʻlinma rahbarlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator vazifalar belgilandi.
Mazkur yigʻilishda dastlab, vaziri oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan reja topshiriqqa asosan, Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hamda temir yoʻl bekatlaridagi boʻlim va boʻlinmalarda xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyatlarini oʻrganish, transport obyektlarida huquqbuzarlik va jinoyatlarning, shuningdek, baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy-kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir etuvchi omillar chuqur tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari tomonidan dunyodagi boʻlayotgan oʻzgarishlar, yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar haqida toʻxtalib, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda eng avvalo jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, xodimlar oʻrtasida xizmat va ijro intizomiga qatʼiy amal qilinishi, oʻzaro hurmat, muomala, yurish-turish, kiyinish madaniyatiga, amaldagi qonunchilikka rioya qilish, oʻtkazilayotgan tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berildi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi