audio

    0+
    IIV Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar batalyon va otryadlari terma jamoalari oʻrtasida anʼanaviy «koʻpkurash» musobaqasiga start berildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Jizzax viloyati, Forish tumanida joylashgan harbiy dala poligonida Ichki ishlar vazirligining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadlari terma jamoalari oʻrtasida anʼanaviy koʻpkurash musobaqasi start oldi.

    Bu yilgi musobaqaga Samarqand viloyati mezbonlik qilmoqda.

    Koʻpkurashning ochilish marosimida Samarqand viloyati IIB rahbariyati ishtirok etib, ishtirokchi jamoalarga omad tiladi.

    Shundan soʻng, guruhlar tantanali harbiy yurishlar bilan tanlov boʻlib oʻtadigan nuqtalarga yoʻl olishdi.

    Eng mohir va epchil jamoalar gʻoliblik uchun qizgʻin kurash olib borishadi.

    Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 119