audio

    0+
    “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hududida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi

    Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu boisdan xam respublikamizda yashil olamni saqlash va koʻpaytirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz boʻylab amalga oshirilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasida Ichki ishlar vazirligi Markaziy apparati xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

    Jumladan, xodimlar tomonidan hududga turli gul koʻchatlari ekib, bogʻ yaratishga ulkan hissa qoʻshdilar. Gullar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bogʻlar hosil qilish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Shu bilan birgalikda oldin ekilgan daraxtlarni parvarishlashga alohida eʼtibor berilmoqda.

    Taʼkidlash joizki, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan bu kabi qator tadbirlar har bir inson qalbida ona tabiatni asrab-avaylash, mehr qoʻyishdek ezgu fazilatlarni mustahkamlaydi. Shuningdek, Tabiatni asrash xam muqaddas burchdir!

    Jarayonlar ichki ishlar organlarining hududiy boshqarmalari hamda barcha sohaviy xizmatlarida davom ettirilmoqda.

    • view_icon 172
    : 2024-04-05 12:37:34