Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Toshkent mintaqaviy temir uzeli xizmat hududlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-04-02 16:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 1-aprel kuni Ichki ishlari vaziri oʻrinbosari general mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentining Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan amalga oshirilgan ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilishda dastlab, vaziri oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan reja topshiriqqa asosan, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik M.M.Mirkurbanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hamda temir yoʻl bekatlaridagi boʻlim va boʻlinmalarda xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyatlarini oʻrganish yuzasidan yakuniy natijalari tinglandi.
Ishchi guruh tomonidan, transport obyektlarida huquqbuzarlik va jinoyatlarning, shuningdek, baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida jalb etilgan sohaviy xizmat xodimlari tomonidan aniqlangan kamchiliklari keng muhokama etilib, Vazir oʻrinbosari tomonidan kelgusida bu kabi kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik, transport obyektlaridagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda ijtimoiy-kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir etuvchi omillar chuqur tahlillar asosida oʻrganib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari tomonidan dunyodagi boʻlayotgan oʻzgarishlar, yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar haqida toʻxtalib, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda eng avvalo jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, xodimlar oʻrtasida xizmat va ijro intizomiga qatʼiy amal qilinishi, oʻzaro hurmat, muomala, yurish-turish, kiyinish madaniyatiga, amaldagi qonunchilikka rioya qilish, oʻtkazilayotgan tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berildi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi