audio

    0+
    Avval xabar berganimizdek yurtimizga Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining aʼzosi, Jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun boshchiligidagi delegatsiya tashrifi amalga oshirilmoqda

    Tashrif jarayonda delegatsiya aʼzolari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdilar. Mehmonlarga markazda zamon talablariga mos ravishda yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni fosh etishdagi ekspert-kriminalistika imkoniyatlari va Markaz faoliyati toʻliq tanishtirildi.

    Delegatsiya aʼzolari Yagona tezkor boshqaruv markazidagi «Qalqon» tizimi, unga ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, adliya, sogʻliqni saqlash, transport, Soliq qoʻmitasi kabi idoralarning 55 ta elektron bazasi integratsiya qilinganligini alohida eʼtirof etishdi.

    Tadbir davomida Toshkent shahar IIBB hamda Pekin shahri Jamoat xavfsizligi departamenti oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashish, Xitoyning poytaxt politsiya departamenti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar rejalashtirib olindi.

    • view_icon 319
    : 2024-04-02 13:59:12