Asosiy kontentga o'tish

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida bitiruv oldi amaliyotini oʻtayotgan kursantlar bilan tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi

2024-04-02 09:25:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 1-aprel kuni Andijon viloyati ichki ishlar organlarida bitiruv oldi amaliyotini oʻtayotgan IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-bosqich kursantlari bilan boshqarma boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov huzurida ular tomonidan amaliyotning oʻtgan davri mobaynida oʻzlashtirilgan dasturlar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Muhokama davomida kursantlarga belgilangan oʻquv dasturlarini toʻliq oʻzlashtirishlari, oʻzlariga biriktirilgan tajribali xodimlardan tegishli amaliy koʻnikmalarni olishlari kerakligi, shu bilan birga, amaliyot davomida xizmat intizomi va qonuniylikka toʻliq rioya etishlari boʻyicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, amaliyot yakuni boʻyicha oʻtkaziladigan sinov imtihonlariga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari ham tushuntirib oʻtildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

175

Oxirgi yangilanish: 2024-04-03 08:12:32

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida bitiruv oldi amaliyotini oʻtayotgan kursantlar bilan tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi