Namangan viloyati hududidagi «qizil» toifadagi mahallalarga masʼul rahbarlar biriktirildi
2024-03-29 10:30:00 / Yangiliklar
![Namangan viloyati hududidagi «qizil» toifadagi mahallalarga masʼul rahbarlar biriktirildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fd0c36625-4a2c-d8f8-4e97-8f5834a151a1_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Boshqarma boshligʻi tomonidan Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanining «qizil» toifadagi mahallalari hududida xizmat qilib kelayotgan profilaktika inspektorlari va biriktirilgan masʼullar bilan videokonferensiya orqali yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida, ushbu «qizil» toifadagi mahallalarga Boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari hamda sohaviy xizmat rahbarlari masʼul etib biriktirilib, ularga profilaktika inspektorlari va prokuraturaning masʼul xodimlari bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha javobgarlik masʼuliyati oshirildi hamda tegishli vazifalar yuklatildi.
Viloyatni jinoyatchilik va ishsizlikdan holi qilish maqsadida mahallalarni raqamli xavfsiz mahallaga aylantirish, tezkor profilaktik targʻibot-tashviqot tadbirlarini jadallashtirish, aholi muammolarini fuqarobay, xonadonbay va mahallabay oʻrganib, ularga samarali yechim topish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati