Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Pastdargʻom tumani “Goʻzalkent” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari bilan tanishdi
2024-03-28 08:30:00 / Yangiliklar
![Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Pastdargʻom tumani “Goʻzalkent” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari bilan tanishdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fbd3d77f6-a6f6-1554-b249-fa7cf3092a5b_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Inson baxtli yashashi uchun u istiqomat qiladigan mahallada yetarli shart-sharoitlar yaratilishi zarur. Yoʻllari ravon boʻlsa, bogʻcha, maktab, shifoxonalar qurilsa, koʻngilochar dam olish maskanlari boʻlsa, kommunal sohadagi muammolar bartarf etilib, koʻchalari tunda ham charogʻon boʻlsa nur ustiga aʼlo nur.
Pastdargʻom tumani “Goʻzalkent” mahallasi “Obod xonadon- obod koʻcha-obod mahalla” mezonlari asosida bunyodkorlikka yuz tutmoqda.
Viloyat IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov mazkur mahallada boʻlib, olib borilayotgan jarayonlar bilan tanishdi.Mahalla ahli bilan muloqotda boʻldi.
Odamlar har bir xonadondan boshlangan obodlikdan oʻz mamnuniyatlarini bildirishdi. Xalqimizni hayotdan rozi qilishdek ulugʻvor maqsad yoʻlida amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlari mahalla va qishloqlarning qiyofasini yanada koʻrkamlashtirish bilan birga aholining ertasiga boʻlgan ishonchini oshirishi qayd etildi.
Boshqarma boshligʻi tuman masʼullariga bu borada qilinishi lozim boʻlgan vazifalar borasida ham topshiriqlar berdi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati