Andijon viloyati 3-sektorining sayyor qabuli Baliqchi tumanida oʻtkazildi
2024-03-28 08:30:00 / Yangiliklar

Baliqchi tumani IIB binosida tashkil etilgan sayyor qabulni viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov oʻtkazdi.
Qabulda 21 ta turli masaladagi murojaatlar koʻrib chiqildi.
Xususan, Ish bilan taʼminlash, sogʻliqni saqlash, moddiy yordam koʻrsatish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit olish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlarning 14 tasi joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qolgan 7 tasi tegishli tartibda ijroga yoʻnaltirildi.
Murojaatlar qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish boʻyicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati