Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov viloyat 3-sektor hududiga qarashli Gʻijduvon tumanining «Koʻlijabbor» mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
2024-03-25 09:00:00 / Yangiliklar
Ayni kunlarda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻiga biriktirilgan «Koʻlijabbor» mahallasida «Obod xonadon», «Obod koʻcha» va «Obod mahalla» dasturi doirasida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Boshqarma boshligʻi dastlab, mahallada tashkil etilgan viloyat 3-sektor shtabida masʼullar bilan amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qildi.
Shundan soʻng yoʻl, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash, elektr taʼminoti, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati