IIV Akademiyasida Toshkent shahar Yunusobod tumani IIO FMB boshligʻi ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi
2024-03-24 10:35:00 / Yangiliklar
Yunusobod tumani mahallalarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?
Shu xususda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida oʻtkazilgan tadbirda tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mutasaddilari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda ushbu ixtisoslik yoʻnalishida taʼlim olayotgan kursantlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda boshqarma boshligʻi, polkovnik Abdumajid Shermuhamedov soʻz olib, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarga toʻxtaldi. Qayd etilishicha, aholi bilan manzilli ishlashga qaratilgan samarali tizimning yaratilgani huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbir davomida huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy yoʻnalishlari, bu borada “mahalla yettiligi” tizimining imkoniyatlari, ijtimoiy profilaktikani amalga oshirishda eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan ustuvor jihatlar haqida fikr almashildi. Tajribali xodimlar tomonidan kursantlarga amaliy tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati