Asosiy kontentga o'tish

Samarqand viloyati IIB rahbariyati Payariq tumani “Oqqoʻrgʻon” mahallasida boʻlib, MFY yettiligi bilan uchrashdi

2024-03-14 17:55:00 / Yangiliklar

Oʻzaro muloqot doirasida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, xotin-qizlar va yoshlar masalalari, muhtoj oilalar muammolari hamda ularni hal etish borasidagi amaliy natijalar xususida suhbatlashdi.

Mahallada joylashgan maktabdagi davomat, yoshlarning ilm-fanga qiziqishlarini oshirish borasidagi ishlar ham oʻrganildi.

Mahalladagi vaziyat, tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mahalla raisi, profilaktika inspektorining fikr-mulohazalari eshitildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

485

Oxirgi yangilanish: 2024-03-15 08:13:12

Samarqand viloyati IIB rahbariyati Payariq tumani “Oqqoʻrgʻon” mahallasida boʻlib, MFY yettiligi bilan uchrashdi