Ichki ishlar vazirining ishchi guruh tarkibida boʻlgan vazir oʻrinbosari general-mayor Bahodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan Jizzax viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda
2024-03-14 13:30:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyatining hududlarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, yoshlar bilan ijtimoiy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ishchi guruh tarkibida boʻlgan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Zomin tumani ichki ishlar boshqarmasida boʻlib, bu yerda soha vakillari uchun yaratilgan xizmat sharoitlari bilan tanishdi. Shuningdek, shaxsiy tarkibning qonunbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarga qarshi kurashishga oid faoliyati tahlil etildi.
Shu kuni ishchi guruh tumandagi “Qayirma” mahalla fuqarolar yigʻini faollari bilan muloqot oʻtkazdi. Bu jarayonda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, mahalla yettiligining huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasidagi hamkorligini kuchaytirish, bandlikni taʼminlash, voyaga yetmaganlar nazoratsizligining oldini olish masalalariga eʼtibor qaratildi. Oʻz navbatida mahallada sodir etilgan bir qator jinoyatlarning sabab va omillari muhokama qilinib, qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi