Navoiy viloyati IIB boshligʻi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Adliya boshqarmasi rahbarlari viloyatda oʻrganish ishlarini olib borishmoqda
2024-03-07 09:00:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati IIB boshligʻi A.D Tasbayev hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya boshqarmasi rahbarlari “Obod qishloq” dasturi boʻyicha Xatirchi tumani Navroʻz mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Obod mahalla Obod qishloq dasturi mamlakatimiz hududlarini obodonlashtirish hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishda taraqqiyotning muhim bosqichi boʻlmoqda.
Misol uchun Navoiy viloyati IIB boshligʻi 3- sektor rahbariga biriktirilgan Xatirchi tumani aniqroq qilib aytganda Navroʻz mahallasida olib borilayotgan ishlar hududni tubdan oʻzgarishiga shuningdek, qishloq odamlarini ertangi kunga ishonchini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Binobarin viloyat IIB boshligʻi А.Д.Тасбаев Davlat xavfsizlik xizmati va Adliya boshqarmasi rahbarlari bilan ana shunday oʻzgarishlarni kuzatish maqsadida Navroʻz mahallasiga bordilar.
Unda mahallada olib borilayotgan yoʻl va binolar qurilishi, ekin maydonlarini yaratish, suv inshootlari qurilishi ishlari bilan tanishdi.
Ayni jarayonda ishtirok etayotgan aholi va ustalar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, Karmana, Xatirchi, Navbahor tumanlaridagi yoshlar muammolarini oʻrganishdi.
Bugun oʻz tengdoshlariga ibrat boʻlayotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan yoshlarimiz bisyor.
Lekin, hayotda oʻz oʻrnini topishga qiynalayotgan, adashgan, koʻmakka muhtojlari ham yoʻq emas.
Shuning uchun yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan masʼullar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatishga ehtiyoj bor.
Shu maqsadda Navoiy viloyati IIB boshligʻi Karmana,Navbahor, Xatirchi tuman yoshlari muammolarini tizimli oʻrganmoqda.
Jarayonda tuman hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Adliya boshqarmasi boshliqlari ham hamroh boʻlishdi.
Hamkorlikda hududda ishsiz, uyushmagan yoshlar bilan suhbatlashilib muammolari oʻrganilmoqda.
Birgina Xatirchi tumanida “Yoshlar daftari” roʻyxatidagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida 10 nafar yoshlarga fermer xoʻjaligi yer maydonidan 20 sotixdan oziq-ovqat mahsulotlari ekish uchun yer ajratib berildi.
Yerdan samarali foydalanish toʻgʻrisida muhim tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida mutasaddilar tomonidan joriy yilda yoshlar uchun amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator loyihalar va tashabbuslar bilan tanishtirildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati