Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Kattaqoʻrgʻon shahrida oʻrganishlar olib bordi
2024-03-07 08:00:00 / Yangiliklar
Jumladan, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Kattaqoʻrgʻon shahrida sayyor qabul oʻtkazdi.
Qabul davomida 25 nafar fuqaroning 26 ta turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, qabulda 5 nafar yoshlarga ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Shundan soʻng, viloyati IIB boshligʻi Rahmat Mamatov Kattaqoʻrgʻon shahrida yoshlar bilan muloqotda boʻldi
Ularning muammo va murojaatlari eshitildi. Yoshlar bandligini taʼminlash, kasb-hunar egallashga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatiga koʻmaklashish borasidagi amaliy vazifalar ham tahlil qilindi.
Bundan tashqari, mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli sport oʻyinlari, madaniy-maʼnaviy tadbirlar oʻtkazilishi, yoshlar yetakchilari har bir yosh bilan alohida ishlashi zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida ularning oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishi qatʼiy nazoratga olinishi yuzasidan ham tavsiyalar berildi.
Yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
Oʻrganish davomida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Qoʻshhovuz” mahalla fuqarolar yigʻini yettiligi bilan muloqot qildi.
Muloqot asnosida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida profilaktik targʻibot tadbirlarini kuchaytirish, ijtimoiy daftarlarni toʻgʻri va samarali tashkil etish, yoshlar bilan ishlashning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashdagi ustuvor vazifalar haqida koʻrsatmalar berildi.
Qayd etildiki, mahalla odamlarning suyanchi va ishonchiga aylanishi kerak.
Mahalla — ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarga yordam berish, jinoyatchilik, oilalarda zoʻravonlikning oldini olish, aholi bandligi ularning ijtimoiy muhofazasi, xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarni hal etishda asosiy koʻmakchi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati