Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanida yigʻilish oʻtkazdi
2024-03-05 17:45:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Shofirkon tumanida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratishning samarali mexanizmlarini belgilash maqsadida imzolangan qoʻshma Qarori ijro yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi
Unda, tuman sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar masʼullari ishtirok etishdi.
Bunda, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish jarayonida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha har bir mahallaning “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, bundan tashqari, “mahalla yettiligi” aʼzolarining qonunchilikda belgilangan vazifalari asosida kunlik, haftalik, oylik hamda choraklik ish rejalarini belgilab olish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Shofirkon tumanidagi mahallalarda “Andijon tajribasi” asosida ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish kerakligi borasida ham manzillari aniq topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati