Asosiy kontentga o'tish

Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Jamoatchilik kengashining hisobot yigʻilishi oʻtkazildi

2024-03-05 15:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda Bosh boshqarma Axborot xizmatining yillik hisoboti tinglanib, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va fuqarolarning murojaatlari bilan bogʻliq masalalar muhokamaga qoʻyildi.

Yigʻilishni Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari, isteʼfodagi general-mayor Sayfulla Asadov ochib berib, kengash va uning faoliyati toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan viloyat IIBB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Asilbek Rahmatov hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Elyor Majidovlarning 2023-yil davomida viloyat IIO tizimida amalga oshirilgan ishlar, oʻtkazilgan tadbirlar natijadorligi, shuningdek Kengash faoliyatini yanada rivojlantirish haqidagi takliflari eshitildi.

Kun tartibiga binoan IIBB axborot xizmati boshligʻi kapitan Bobur Tulyaganovning axborot xizmati faoliyati haqida hisobot tinglandi.

Xususan, 2023-yilda IIBB Axborot xizmati tomonidan respublika va mahalliy OAV va internet tarmoqlarida tizim faoliyatiga oid jami 6 956 ta axborot tarqatilgan boʻlib, shulardan, mahalliy va markaziy telekanallarda – 552 ta, radioda – 503 ta, bosma nashrlarda – 192 ta hamda internet tarmoqlarida – 5 716 ta axborot, shu bilan birga sohaga oid va fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan 263 ta videorolik tayyorlanib eʼlon qilingan.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda ayni paytda kelib tushgan murojaatlarning yechimi, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi haqida aniq maʼlumotlar keltirib, bunda kengash faoliyatining samaradorligi haqida fikr bildirildi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan hisobot uchrashuvi davomida Jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan bildirilgan savollarga atroflicha javob olish bilan birga, fikr-mulohaza va takliflar muhokama qilindi va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar kelishib olindi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

403

Oxirgi yangilanish: 2024-03-05 15:12:12

Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Jamoatchilik kengashining hisobot yigʻilishi oʻtkazildi