IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruhning Jizzax viloyatidagi oʻrganish ishlari davom etmoqda
2024-03-01 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi, polkovnik Sh.Sh. Ibragimov Jizzax shahri va Gʻallaorol tumanida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi.
Jarayonda vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati ham koʻzdan kechirildi.
Bundan tashqari ishchi guruh rahbari viloyat IIB JXX JTSBda shahar va tumanlar IIB boshliqlari oʻrinbosarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.
Tadbirda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha olib borilgan ishlar, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab boʻlayotgan omillar tahlil qilinib, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati