Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligida Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl uzelida yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-03-01 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligida Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl uzeli unitar korxonasida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov, Orolboʻyi transport prokurori adliya maslahatchisi Salamat Dauletmuratov va Qoʻngʻirot mintaqaviy temiryoʻl uzeli Tashishlarini tashkil etish va stansiya ishlarini tashkillashtirish boʻlim boshligʻi Nematulla Djabbarberganovlar qatnashdi.
Yigʻilishga Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl uzeli unitar korxonasi hamda Qoʻngʻirot mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari jalb etilib, mazkur tadbirda temir yoʻl transporti bilan bogʻliq sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, 2024-yil uchun moʻljallangan bir qator manzilli chora-tadbirlarni jadallashtirish, xususan temir yoʻl transportida yoʻlovchi fuqarolar va tashilayotgan yuk vagonlarining xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xodimlar oʻrtasida xizmat va ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari boʻyicha bir qator vazifalar berildi.
Tadbirning yakuniy qismida xizmatda oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi