Samarqand viloyati Nurobod tumanida yoshlarga yer maydoni ajratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
2024-02-29 14:10:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 23-fevral kuni yoshlar bandligini taʼminlash chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazilib, unda aholi bandligini taʼminlashda qishloq xoʻjaligida imkoniyatlar kengligi, oldingi yillarda shu maqsadda 200 ming gektar paxta va gʻalla maydonlari qisqartirilib, dehqonchilik uchun odamlarga boʻlib berilganligi va bu yil yana 60 ming 500 gektar yer yoshlarga ajratilishi belgilanganligini taʼkidlab, har bir yoshga qancha maydon ajratish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi va bu borada amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish maqsadida viloyat IIB boshligʻi Rahmat Mamatov va viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarovlar Nurobod tumanida boʻlishdi.
Sektor rahbarlari tumandagi ushbu ishlarga masʼul boʻlganlar bilan muloqot qilib, ularning mazkur yoʻnalishda amalga oshirayotgan ishlari boʻyicha hisobotlarini tinglashdi va bu borada oʻzlarining tavsiya va takliflarini bildirishdi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati