Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumanidagi oʻrganishlari tafsiloti
2024-02-29 09:35:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximovning navbatdagi oʻrganish ishlari Qonlikoʻl tumanida boʻlib, vazir oʻrinbosari tuman ichki ishlar boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishib, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan, toifalangan hududlarda xizmat faoliyatini toʻgʻri tashkil qilish borasida tegishli topshiriqlar berib, tashkil qilingan vatanparvarlik burchagi va boʻlim tarixi muzeyini bilan tanishdi.
Shuningdek, Vazir oʻrinbosari tumandagi Qonlikoʻl Makon fuqarolar yigʻinida jamoat xavfsizligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari taʼminlash ishlari bilan tanishdi. Shu bilan birga mahalla yettiligi masʼullari bilan uchrashib, olib borayotgan faoliyatlari bilan tanishib, tegishli taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududi boʻylab oʻrganish ishlari davom etmoqda.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi