Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlaridagi oʻrganishlari tafsiloti
2024-02-27 18:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 27-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida vazir oʻrinbosari Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi yangi taʼmirdan chiqqan binosi bilan tanishib, xodimlarning xizmat sharoitlari, shuningdek tezkor navbatchi guruhi xodimlari bilan suhbatlashib ularga xizmat yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Vazir oʻrinbosarining navbatdagi oʻrganish ishlari Nukus shahrida joylashgan “Mono markazi” kasb-hunarga yoʻnaltirish oʻquv markazi boʻlib, mazkur markaz xodimlari va kasb oʻrganayotgan yoshlar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning kasb-hunar oʻrganish jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek vazir oʻrinbosari Nukus shahri “Gʻarezsizlik” Makon fuqarolar yigʻiniga tashrif buyurib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi hamda profilaktika inspektorlariga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida taklif va topshiriqlarini berdi.
Nukus shahri hududida oʻrganish ishlari davom etmoqda.