Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilov Koson tuman “Lolazor” mahallasida yashovchi yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi
2024-02-27 10:00:00 / Yangiliklar
Ochiq muloqot ruhida oʻtgan tadbirda tuman hokimi va 3-sektor rahbari va ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, mahalla xodimlari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat 3-sektor rahbari polkovnik Abduvoxid Ismoilov soʻzga chiqib, Davlat rahbari tomonidan joriy yil 12-yanvar kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatda bir qator ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Jumladan, bugun Koson tumani “Lolazor” mahallasida yashovchi otaliqqa olingan ellik nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning muammolari tinglandi.
Oʻtkazilgan tadbirda yoshlar bandligini taʼminlash, mavjud ish oʻrinlari haqida sektor rahbari mahalla yigit-qizlariga takliflar berdi. Oʻz navbatida yoshlar ham rahbarga oʻz muammolarini aytishdi.
Tadbirda yoshlarning ishga kirish, haydovchilik guvohnomasi olish, kredit, tibbiy koʻrikdan oʻtish, moddiy yordam olish kabi murojaatlari tinglandi ayrimlari joyida yechildi. Mablagʻ va vaqt talab etadigan murojaatlar yechimini topish boʻyicha masʼullarga zarur topshiriqlar berildi.
Mahalla yettiligiga probatsiya nazoratida va profilaktik hisobda turgan hamda ishsiz yoshlarni qamrovga olish, murabbiylar tayinlash lozimligi boʻyicha masʼullar biriktirildi.
Yoshlarning aniqlangan muammolari oʻrganilib, hal etish boʻyicha masʼullarga aniq ijro muddatlari belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Yoshlarni muammolarini oʻrganish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati