IIV Malaka oshirish institutida navbatdagi maxsus malaka oshirish oʻquv kursi yakunlandi
2024-02-26 14:30:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha “katta serjant” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish oʻquv kursi yakunlandi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar — tizimni xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, aholi bilan yanada yaqin ishlaydigan, xalqparvar tuzilmaga aylantirilayotganligini taʼkidladilar.
Oʻquv reja va dasturlar talablarini toʻliq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan 16 nafardan oshiq tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati