Jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot xodimlari Markaziy tergov hibsxonasida tajriba almashish boʻyicha mashgʻulotda ishtirok etdilar
2024-02-22 14:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIEDning 2024-yil 14-fevral kunidagi 13-sonli farmoyishiga asosan 3-Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida joylashgan jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot xodimlari Markaziy tergov hibsxonasida tajriba almashish boʻyicha mashgʻulotda ishtirok etdilar.
Tajriba almashish davomida maxsus kontingentga tibbiy yordam koʻrsatishni tashkillashtirilishi, muolaja xonalarini jihozlanishi, sanitariya epidemiyaga qarshi kurash olib borilayotgan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.
Oʻtkazilgan tajriba almashish boʻyicha oʻquv mashgʻuloti tibbiyot xodimlarida iliq taassurot qoldirdi.
IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati