Buxoro viloyat IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida viloyat hududida jinoyatchilikni oldini olish, 3-sektor faoliyatini takomillashtirish yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2024-02-15 09:00:00 / Yangiliklar
Muhokamada boshqarma boshligʻining barcha oʻrinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, mustaqil boʻlim va boʻlinmalar boshliqlari hamda videokonferensaloqa orqali barcha shahar – tuman IIB boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, sektor kotiblari, murojaatlar bilan ishlash guruhi inspektorlari va viloyatdan shahar-tumanlarga biriktirilgan masʼullar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi dastlabki masala, 3-sektorlarda olib borilayotgan ish natijalari muhokamasi oʻtkazildi.
Bunda, sektorlar faoliyatini toʻgʻri tashkil etish, aholining dolzarb muammolarini hal qilish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, shuningdek, masʼul kotiblarning boshqaruvchilik va ishchanlik xislatlarini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi alohida taʼkidlandi.
Yigʻilish davomida “Xavfsiz hudud – zarbdor oyligi” profilaktik tadbiri davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi ham oʻtkazildi.
Jarayonda oylikdan koʻzlangan maqsad, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati ogʻir hududlarni jinoyatdan holi “yashil” hududlarga aylantirish borasidagi ishlar suratini oshirish maqsadida tegishli masʼullarga manzillari aniq topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyat IIB Axborot xizmati