Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan viloyat hududi boʻylab “mahalla yettiligi” faoliyatini oʻrganish davom etmoqda
2024-02-12 09:55:00 / Yangiliklar

Polkovnik Sh.Aliyev masʼullar bilan birgalikda Namangan shahrining “Chorsu”, “Sharq tong”, “Iftixor”, “Ozod”, “Gʻuncha”, Davlatobod tumanining “Porloq” va “Navbahor” mahallalari faoliyatini oʻrganib, yettilik aʼzolari bilan suhbatlashdi hamda oʻtgan davr mobaynida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirgan ishlari boʻyicha axborotlarini tingladi.
Oʻrganish davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni sodir boʻlishiga yoʻl qoʻygan hamda bu borada yetarlicha manzilli ishlar tashkil etmagan mahalla xodimlarining faoliyati keskin tanqid qilinib, “mahalla yettiligi”ni oʻzaro hamkorlikda aholi muammolarini “xonadonbay”, “fuqarobay” oʻrganish orqali ijobiy hal qilish, yoshlar tarbiyasi va jinoyatchiligini oldini olishga masʼuliyat bilan yondashib, “maktab — ota-ona — mahalla” zanjiri asosida doimiy muloqot hamda hamkorligini mustahkamlash, hududlarni videokuzatuv kameralari orqali toʻliq qamrab olish, shuningdek, jinoyatchilikni oldini olishdagi boshqa yoʻnalishlar yuzasidan masʼullarning zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati