Navoiy viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Sharipov raisligida Navoiy shahri hududida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi tashkil etildi
2024-02-11 09:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi 8-sonli maktabda jinoyatchilikni oldini olish va uni sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Unda Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Shohruh Sharipov tomonidan Navoiy shahar, “Humo” hamda “Farovon” mahalla fuqarolar yigʻinida hududida sodir etilgan “Firibgarlik”, “Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish” va “Giyohvandlik vositasini noqonuniy oʻtkazish” jinoyatlari jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi.
Tadbir davomida, mazkur jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlar muhokama etilib, ularni bartaraf qilish hamda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar koʻrsatib oʻtildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati