Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov ishtirokida Buxoro tumanida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida sodir etilgan iqtisodiyot sohasidagi firibgarlik jinoyatlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
2024-02-11 09:00:00 / Yangiliklar

Muhokama yigʻilishida tuman sektor rahbarlari, iqtisodiy kompleks va banklar masʼul rahbarlari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Bunda, tuman prokurori Karim Ikramov soʻzga chiqib, joriy yilning yanvar oyi hamda fevral oyining oʻn kunligida tumanda aynan iqtisodiy kompleks masʼul xodimlari tomonidan sodir etilgan turli jinoyatlar, ayniqsa firibgarlik holatlari, ushbu jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, sabab boʻlgan shart-sharoitilar xususida batafsil maʼlumot berib, mazkur turdagi jinoyatlarni oldini olish borasida tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va boshqa jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov soʻzga chiqib, muhokamada ishtirok etayotgan mutasaddilarning masʼuliyatini yanada oshirish, javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash borasida olib borilayotgan tezkor hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, nazorat timini yanada shaffof qilish, shuningdek, aynan iqtisodiy kompleks masʼul xodimlari tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan mazkur turdagi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasidagi oʻzining bir qator tavsiya hamda takliflarini bildirdi.
Bu kabi manzilli profilaktik tadbirlar viloyatning boshqa barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati