Asosiy kontentga o'tish

Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan viloyat hududi boʻylab “mahalla yettiligi” faoliyati oʻrganildi

2024-02-11 09:00:00 / Yangiliklar

Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklarga chek qoʻyish maqsadida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, sodir boʻlishiga sababchi omillar tahlil qilinib, “mahalla yettiligi” faoliyatiga amaliy yordamlar koʻrsatib kelinmoqda.

Bugun polkovnik Ш.Алиев Boshqarma masʼullari bilan birgalikda Chust tumanining “Chust gulzori”, Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Toshkent”, Yangi Namangan tumanining “Goʻzal” va Norin tumanining “Pastki Choʻja” mahallalarida boʻlib, oʻtgan davr mobaynida “mahalla yettiligi”ni jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olishdagi faoliyati tahlil qilindi.

Oʻrganishlar yakunida “mahalla yettiligi”ga aholi ichiga kirib, ularning muammolarini “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” oʻrganib, samarali yechim topish, yoshlar tomonidan jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida bandligini taʼminlash, “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligini mustahkamlash, mahalla osoyishtaligini taʼminlashda jamoatchilik vakillari ishtirokini faollashtirish, hududni kameralashtirish hamda boshqa masalalar boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

102

Oxirgi yangilanish: 2024-02-11 16:36:57

Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan viloyat hududi boʻylab “mahalla yettiligi” faoliyati oʻrganildi